Loyihalar

Jamg‘arma loyihalari O‘zbekiston xalqining farovonligini oshirishni maqsad qiladi.

Hozirda Jamg‘arma asosiy e’tiborini mamlakatning oddiy fuqarolari uchun sog‘liqni saqlash va ta’lim xizmatlarini yaxshilashga qaratmoqda.

Hozirda Ikkita loyiha amalga oshirilmoqda:

1. Onalar va chaqaloqlar o‘limini kamaytirish: Mazkur loyiha tibbiyot xodimlarini ilg‘or ko‘nikmalar va zamonaviy uskunalar bilan ta’minlaydi, bu esa O‘zbekistonning barcha viloyatlari va tumanlaridagi perinatal markazlarda inson hayotini saqlash amaliyotlarini qoʻllash imkonini beradi.

2. AKT yordamida ta’limni rivojlantirish: Bu tashabbus esa, maktablarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) joriy etib, o‘qituvchilarga bunday imkoniyatlarni darslarga tatbiq qilishga o‘rgatadi.

Bundan maqsad – o‘quvchilarga ancha sifatli, inkluziv va adolatli ta’lim olish imkoniyatini berishdir.

Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash uchun barcha dastur va loyihalarga integratsiya qilingan.

Qanday loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar Jamg‘armaning boshqaruv qo‘mitasi tomonidan qabul qilinib, bunda oʻz faoliyatini mustaqil yurituvchi Fuqarolik jamiyati maslahat kengashi (FJMK) tavsiyalari hisobga olinadi.

Loyihani amalga oshirish

“Ishonch” jamg‘armasi doirasidagi loyihalarni BMT agentliklari yoki Jahon banki amalga oshirilishi mumkin.

Har bir tashkilotning o‘ziga xos kuchli jihatlari, tajriba va imkoniyatlaridan foydalanish uchun dasturlash rag‘batlantiriladi va bunda O‘zbekiston xalqining imkon qadar qadrlanishi va farovonlikka erishishi taʼminlanadi.

Jamg‘arma loyihani amalga oshirish va mablag‘lardan foydalanishning yuqori samaradorligi uchun Jamg‘arma kotibiyati va mustaqil Fuqarolik jamiyati maslahat kengashi (FJMK) ko‘magida Jamg‘armaning boshqaruv qo‘mitasi tomonidan rioya qilinadigan qat’iy byudjet va dasturlash qoidalariga muvofiq faoliyat koʻrsatadi.

Mustaqil FJMKning har bir a’zosiga ID-nishoni berilgan boʻlib, ular loyihaning rasmiy monitoringida faol ishtirok etishadi. Shuningdek, ular mustaqil monitoring o‘tkazish huquqiga ham ega.

Qolaversa, FJMK Loyiha boshqaruv qo‘mitasi va Loyihani baholash qo‘mitasining barcha yig‘ilishlarida ishtirok etishga taklif qilinadi hamda xarid qilish, jumladan arizalarni eʼlon qilish va yetkazib beruvchilarni tanlash jarayonlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.

Jamg‘armaning asosiy maqsadi O‘zbekiston xalqi manfaatlari yoʻlidagi loyihalarni shaffof va samarali amalga oshirishdan iborat.

Loyihalar bo‘yicha hisobot berish

“Ishonch” jamg‘armasi o‘zining barcha tadbirlari va natijalari bo‘yicha shaffof hisobotlarni taqdim etishga harakat qiladi.

Jamg‘arma jinoiy faoliyatdan qaytarilgan mablag‘larni boshqargani tufayli, O‘zbekiston aholisi va boshqa manfaatdor tomonlarning loyiha hujjatlari hamda uni amalga oshirish natijalaridan to‘liq xabardor boʻlishini ta’minlash juda muhimdir.

Yillik hisobotlar ingliz va o‘zbek tillarida chop etilib, jamoatchilikka taqdim etiladi.

Jamg‘armaning yillik hisobotlari:

Loyihalarning yillik hisobotlari:

Yillik hisobotlar 31-may kunigacha rasman e'lon qilinadi. Jamg‘arma yo'ki loyihalarga oid har qanday savollar boʻyicha Jamg‘arma kotibiyatiga murojaat qilishingiz mumkin.