Biz bilan bogʻlanish
Jamgʻarma kotibiyati/Doimiy vakolatxona
Oʻzbekiston, Toshkent shahri
Taras Shevchenko koʻchasi
4-uy, 100029
Tel.: +998 78 120 34 50
Faks: +998 78 120 34 85
Ish vaqti: 9.00-18.00 (dushanba-juma)
Qoidabuzarliklar haqida xabar berish
Firibgarlik, axloqsiz xatti-harakatlar yoki “Ishonch” jamgʻarmasi dasturlariga qarshi boshqa qoidabuzarliklar haqida ma’lumotga ega boʻlgan har bir kishi ushbu ma’lumotni quyidagi tegishli agentlik kanallari orqali xabar qilishi tavsiya etiladi. Noqonuniy xatti-harakatlar haqida xabar bergan odamlar tegishli ma’lumotlarni qoldirish yoki anonim bogʻlanish imkoniyatiga ega.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining agentlik kanallariga xabar berayotganda, u xabar imkon qadar aniq boʻlish, shu jumladan unda kim, nima, qayerda, qachon va qanday sodir boʻlganligi haqidagi asosiy tafsilotlarning boʻlishi tavsiya etiladi. Aniq ma’lumotlar agentlik tekshiruvchilariga taxmin qilingan qoidabuzarlikni toʻgʻri tekshirishga imkon beradi.
Agar biror xatti-harakat notoʻgʻriligiga ishonchingiz komil boʻlmasa, maxfiy maslahat uchun Jamgʻarma kotibiyatiga murojaat qiling.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi (UNICEF)
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasining ichki audit va tergov boshqarmasi huquqbuzarliklar, firibgarlik va ushbu tashkilot tartiblari, qoidalari va siyosatlarining buzilishi haqidagi da’volar boʻyicha mustaqil, faktlarga asoslangan tekshiruvini olib boradi. Agar qonunbuzarlik haqida xabar bermoqchi boʻlsangiz, YUNISEFning Ichki audit va tergov boshqarmasiga murojaat qiling:
Elektron pochta orqali: integrity1@unicef.org (xatlarni oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida yuborish mumkin)
Havola orqali: https://www.unicef.org/auditandinvestigation/report-wrongdoing
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA)
Aholishunoslik jamgʻarmasi firibgarlik yoki boshqa turdagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar berishni xohlovchi shaxslar uchun maxfiy mexanizmni ta’minlash maqsadida ushbu ishonch telefoni xizmatini ishga tushirgan. Ushbu ishonch telefoni orqali berilgan huquqbuzarliklar haqidagi xabarlar xavfsiz serverda saqlanadi. Aholishunoslik jamgʻarmasi ushbu hisobotlarni tasodifiy yoki beparvolik tufayli oshkor etilishidan himoya qiladi.
Ishonch telefoniga rus tilida ushbu havola orqali kirish mumkin: https://web2.unfpa.org/help/hotline_russian.cfm
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST)
JSSTning Vijdonlilik boʻyicha ishonch telefoni xizmati JSST bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqidagi da’volar haqida xabar berish uchun xavfsiz va mustaqil mexanizmni taqdim etadi. Hisobotlar maxfiy yoki anonim yuborilishi mumkin:
Elektron pochta orqali: investigation@who.int
Telefon orqali: Uzbekistan OneConnect 00-800-120-1196 (qoʻngʻiroqlar bepul va oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida amalga oshirilishi mumkin)
Rus tilida onlayn shaklda:
https://secure.ethicspoint.eu/domain/media/ru/gui/108001/index.html
BMTTD
BMTTDning Audit va tergov boshqarmasi BMTTD xodimlari yoki pudratchilar tomonidan huquqbuzarliklar haqidagi da’volarni qabul qilishning asosiy kanali hisoblanadi:
Elektron pochta orqali: reportmisconduct@undp.org
Telefon yoki onlayn shakl orqali (rus tilida):
https://secure.ethicspoint.eu/domain/media/ru/gui/104807/index.html