Jamgʻarma haqida

“Ishonch” jamgʻarmasi xalqaro miqyosda “Uzbekistan Vision 2030 Fund” nomini olgan. Ushbu jamgʻarma Oʻzbekistonda 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan. U BMTning 2021–2025-yillarda barqaror rivojlanish boʻyicha hamkorlik dasturi (BMTning Barqaror rivojlanish boʻyicha hadli dasturi yoki BMT BRHD) va uning kelgusi hujjatlari asosida faoliyat yuritadi. Joriy BMT BRHD barcha manfaatdor tomonlar, jumladan, fuqarolik jamiyati, milliy manfaatdor tomonlar, donorlar, xalqaro moliya institutlari va boshqa hamkorlar ishtirokidagi keng maslahatlashuvlar orqali ishlab chiqilgan. BMT BRHDning har qanday keyingi dasturlari ayni darajadagi puxta maslahatlashuvlardan oʻtadi.

Jamgʻarma 2022-yilda Shveysariya konfederatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida Shveysariyada musodara qilingan noqonuniy orttirilgan aktivlarni Oʻzbekiston Respublikasi aholisining manfaatlari uchun qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi kelishuv asosida tashkil etilgan (Standart ma’muriy kelishuv). Mazkur jamgʻarma Oʻzbekiston hukumatining milliy islohotlar kun tartibi va Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishni jadallashtirishga qaratilgan dasturlar orqali aktivlarning prinsipial, shaffof va samarali qaytarilishini qoʻllab quvvatlaydi.

Strategik yondashuv

Ushbu jamgʻarma BMT Taraqqiyot tizimini isloh qilish, BMT va uning ixtisoslashgan agentliklari oʻrtasidagi 2030-yilgacha boʻlgan kun tartibi boʻyicha tegishli strategik sheriklik asosida faoliyat yuritadi va quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  • Ushbu jamgʻarma siyosat va dastur muvofiqligini qoʻllab-quvvatlaydi, barcha tadbirlarning asosiy yoʻnalishlarida vazirliklararo va taraqqiyot boʻyicha sheriklarning mustahkam muvofiqlashtirilishini ta’minlagan holda, muhim boʻshliqlarni toʻldirishga intilib, moliyalashtirilishi kutilayotgan ustuvor yoʻnalishlarni qoʻllab-quvvatlaydi.

  • Oʻzbekiston milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga texnik yordamni jalb qiluvchi muhim vosita sifatida, bu jamgʻarma turli dasturlar yaxlitligini taʼminlash va kelishilgan dasturiy ustuvorliklarga nisbatan muvofiqlashtirish va taʼsirni takomillashtirishga qaratilgan.

  • Bu jamgʻarma hech kimni ortda qoldirmaslik, inson huquqlariga asoslangan rivojlanish yondashuvi, gender tenglik, xotin-qizlar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, jamoatchilik ishtiroki, barqarorlik, oshkoralik va hisobdorlik kabi eng yuqori me’yoriy standartlar va asosiy tamoyillar asosida faoliyat koʻrsatadi.

Boshqaruv

Takliflar ijrochi tashkilotlar tomonidan quyidagi moliyalashtirish darchalari doirasida taqdim etilishi mumkin:

  • Yuqori darajadagi strategik qoʻmita tegishli aktivlarni qaytarish, yaʼni restitutsiya toʻgʻrisida siyosiy muloqotni amalga oshiradi, “Ishonch” jamgʻarmasining tuzilmasi va strategik yoʻnalishi boʻyicha tavsiyalar beradi hamda uning strategik yoʻnalishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.

  • Boshqaruv qoʻmitasi “Ishonch” jamgʻarmasini boshqarish uchun mas’ul hisoblanadi. Uning a’zolari ovoz berish huquqiga ega boʻlib, unga Oʻzbekistonning bir vakili, Shveysariyaning bir vakili va BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori hamraislik qiladilar.

  • Kotibiyat BMTning Oʻzbekistondagi Doimiy koordinatori tomonidan nazorat qilinadi. Kotibiyat Boshqaruv qoʻmitasi va Yuqori darajadagi strategik qoʻmita tomonidan ularning barcha vazifalarining amalga oshirilishida qoʻllab-quvvatlaydi va “Ishonch” jamgʻarmasining joriy boshqaruviga mas’ul hisoblanadi.

  • BMT Taraqqiyot Dasturining Koʻp-sheriklik trast jamgʻarmasi “Ishonch” jamgʻarmasining ma’muriy agenti hisoblanib, u trast jamgʻarmasi BMT tizimida BMTning koʻp sheriklik maqsadli jamgʻarmalarini loyihalash va boshqarish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi organi hisoblanadi. U “Ishonch” jamgʻarmasiga oʻtkazilgan mablagʻlarni Boshqaruv qoʻmitasi qarorlariga muvofiq boshqaradi.

  • Fuqarolik jamiyati maslahat kengashi milliy va xalqaro fuqarolik jamiyati tashkilotlari va ilmiy doiralar vakillaridan iborat boʻlib, u “Ishonch” jamgʻarmasi va fuqarolik jamiyati oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikda maslahatchi rolini ijro qiladi.

  • Dasturiy faoliyatni amalga oshirish BMTning ijro etuvchi tashkilotlari va Ma’muriy agenti bilan imzolangan memorandumga yoki unga tenglashtirilgan hujjat asosida BMT Ixtisoslashgan agentliklarini oʻz ichiga olgan Ijro etuvchi tashkilotlarning mas’uliyati hisoblanadi. Har bir Ijro etuvchi tashkilot ma’muriy agent tomonidan unga ajratilgan mablagʻlar uchun toʻliq dasturiy va moliyaviy javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi. Har bir qoʻshma dastur uchun tayinlangan ishtirokchi/boshqaruvchi agentlik ijro etuvchi tashkilotlar oʻrtasidagi qoʻshma dasturlarni muvofiqlashtirish uchun javobgar boʻladi. Ajratilgan mablagʻlar har bir Ijro etuvchi tashkilot tomonidan oʻz qonun-qoidalari, koʻrsatmalari va tartiblariga muvofiq boshqariladi.

Tematik ustuvorliklar

Jamgʻarmaning dasturiy koʻlami va oʻzgarishlar nazariyasi joriy BMT barqaror rivojlanish boʻyicha hadli dasturi (BMT BRHD 2021–2025) va uning kelgusi hujjatlari asosida faoliyat yuritadi. Joriy BMT BRHD beshta pirovard natijani koʻzlovchi uchta strategik ustuvorlikka qaratilgan:

Samarali boshqaruv va barcha uchun adolat:

  • 1-pirovard natija:  Oʻzbekistondagi barcha odamlar va guruhlar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari kamsitish va zoʻravonlikdan xoli turmush tarzi uchun takomillashtirilgan hisobdor, shaffof, inklyuziv va gender tenglikka asoslangan boshqaruv tizimlari hamda qonun ustuvorligi institutlari faoliyatini talab etadi va ulardan bahramand boʻladi (1, 5, 8, 10, 16 va 17-milliy BRM).

  • 2-pirovard natija: - Oʻzbekiston aholisi milliy BRMlar boʻyicha asosiy faoliyat yoʻnalishlariga kiritilgan, siyosatning muvofiqlashuvi, asosli va inklyuziv qarorlar qabul qilish taraqqiyotni moliyalashtirish tufayli islohotlar kun tartibini yanada uygʻunlashtirilgan va kompleks tarzda amalga oshirilishidan bahramand boʻladi (1, 5, 10, 16, va 17- milliy BRM).

Salomatlik, farovonlik va barqaror taraqqiyotga olib keluvchi kapitalining inklyuziv rivojlanishi:

  • 3-pirovard natija - Yoshlar, ayollar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari yashash vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash, munosib mehnat va keng qamrovli va adolatli iqtisodiy oʻsish natijasida yaratilgan imkoniyatlardan bahramand boʻladilar (1, 2, 4, 5, 8, 10 va 11-milliy BRM).

  • 4-pirovard natija: - Gender jihatlarni hisobga olgan holda, sifatli sogʻliqni saqlash, ta’lim va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami bahramand boʻladi (1, 2, 3, 4, 5, 8, 10, 11 va 16-milliy BRM).

Barqaror va iqlim muammolariga mas’uliyatli va chidamli rivojlanish:

  • 5-pirovard natija: - Oʻzbekistonning turli xatarlarga moyilligi eng yuqori boʻlgan hududlari va hamjamiyatlaring iqlim oʻzgarishi va ofatlarga chidamliligi oshadi. Shuningdek, ular tabiiy resurslar va infratuzilmani barqaror va gender jihatdan sezgir boʻlgan samarali boshqarish, iqlim boʻyicha mustahkam chora-tadbirlar, atrof-muhitni qamrab oluvchi boshqaruv va muhofaza choralaridan bahramand boʻladilar (1, 2, 5, 6, 7, 8, 9, 11, 12, 13 va 15-milliy BRM).